Xalqaro anjuman

Joriy yilning 10 aprel kuni Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasida
Temirbek Karayevich Jurgenov tavalludining 125 yilligiga bagʻishlangan “Buyuk dashtning buyuk shaxslari” nomli II Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Konferensiya doirasidagi yalpi majlisda “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Kari-Yakubova Yelena Anatolyevna “XX asr boshlarida Markaziy Osiyo madaniyatlarining o‘zaro ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ilg‘or, islohotchilar va professional san’at asoschilarining ijodiy yutuqlaridagi o‘xshashliklar kuzatildi.

Yalpi majlisdan so‘ng “davra suhbati” o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan