Teatrga tashrif

Kuni kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi va tallaba-yoshlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik katta teatriga, dunyoga mashhur Mariinsk teatri ijodiy dasturidan o’rin olgan spektakllarni ko’rish uchun tashrif buyurdi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish hamda “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armalari tomonidan tashkil qilingan, Sankt-Peterburg va Rossiyaning ramzi bo’lgan, shuningdek dunyoga ko’plab san’at ustalarini bergan Mariinsk teatrining ijodiy safar dasturidan o’rin olgan “Shopeniana”, «Atrgul ko’rinishi”, “Oqqush”, “Shahrizoda” spektakllaridan olingan xoreografik kompozitsiyalarning namoyishi bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda Valeriy Gergiev boshchiligidagi Mariinsk teatri dunyoda o’xshashi bo’lmagan keng ko’lamli teatr-kontsert majmuasidir.

Teatr jamoasi tomonidan ajoyib mahorat bilan ijro qilingan sahna ko’rinishlari barchaga manzur bo’ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan