Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida joriy yining 9-iyun kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bilan hamkorlikda
«Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdagi faolligini oshirish»ga qaratilgan ilmiy-amaliy loyiha bo’yicha xalqaro anjuman bo’lib o’tdi.
Loyiha doirasida Yashnabod tuman 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan raqs sahnalari anjuman mazmun mohiyatini yanada ochib berdi.