“Sohibqiron Amir Temur – buyuk sarkarda” nomli davra suhbati

Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavalludining 685-yilligiga.
Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.
Amir Temurning yoshligi haqida maʼlumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, oʻz davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, meʼmorchilik va tarix ilmlarini oʻrgangan.
Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar boʻlgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi oʻzlashtirganini taʼkidlaydi.
Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat oʻzbek xalqining, balki adolat deb yashagan, yashayotgan, yashaydigan insoniyatning qalbidan chuqur joy olgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

   

 

 

Kuni kecha Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Axborot-resurs markazida “Sohibqiron Amir Temur – buyuk sarkarda” nomli davra suxbati boʻlib oʻtdi.
Mazkur davra suhbatida buyuk bobomiz Amir Temur siymosi haqida Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Murodova, Axborot-resurs markazi rahbari M.Poʻlatova va xodimlari Z.Mirgʻiyosova, M.Yunusova, talabalarga atroflicha qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtishdi.


Shunindek, mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga eʼtibor kuchayganligi, ajdodlarimiz tomonidan uzoq oʻtmishda yaratilgan madaniy-maʼnaviy merosni oʻrganish va targʻib qilish dolzarb masalalar qatoriga qoʻyilganligi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklanganligi, mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi boʻlgan Amir Temur ana shunday tarixiy shaxslardan biri ekanligi, ajdodlarimizni doimiy yod etish, ularning nomini abadiylashtirish barchamizning oliy, ezgu

burchimiz ekanligi alohida taʼkidlandi.
Davra suhbatida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan birga oʻz fikr-mulohazalarini – Amir Temur bobomizga chuqur hurmat va ehtiromlarini bildirishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan