TALABALAR DIQQATIGA!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2020-2021 oʻquv yili davomida yaratilgan ijodiy ishlar, yaʼni mustaqil ish, ijodiy yondashuv, innovatsion gʻoyalar yuzasidan talabalar oʻrtasida tanlov eʼlon qilinganligini ma’lum qilamiz. Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha boʻlib oʻtadi:
1. Eng yaxshi innovatsion gʻoya
2. Eng yaxshi mustaqil ish
3. Eng yaxshi ijodiy yondashuv
4. Innovatsion taʼlim

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlov gʻoliblari nominatsiyalar asosida taqdirlanadi.

Murojaat uchun: OʻzDXA 2-qavat “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” boʻlimi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan