«POLOVETSKIY STAN» TEATR SAHNASIDA

Joriy yilning 13 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida A. Borodinning «Shahzoda Igor» operasidan yangi ijodiy loyiha – «Polovetskiy Stan»operasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Mazkur sahna asrining g’oya muallifi va loyihaning badiiy rahbari – SSSR xalq artisti, O’zbekiston Respublikasi xalq artisti, davlat mukofotlari laureati, xoreografiya professori Bernara Qoriyeva hisoblanadi.
Ijodiy loyihada O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi magistrantlari – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Amin Babadjanova va «Nihol» Davlat mukofoti sovrindorlari Tigran Abdullaev hamda Sherzod Kenjebayev yakkaxon partiyalarni ijro etishdi. Xoreografik sahnalarda respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktab-internati o’quvchilari hamda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari turli obrazli ijrolari bilan tomoshabinlarga o’z maxoratlari va iste’dodlarini yana bir bor namoyon etishdi.
«Polovetskiy stan» barchaga manzur bo’lgani beto’xtov yangrayotgan olqishlarda o’z aksini topdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan