“MILLIY VA ZAMONAVIY RAQSLAR KECHASI” BOʻLIB OʻTDI

Yakkasaroy tuman hokimligi, Oʻzbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi hamda “Next” koʻngil ochar savdo majmuasi hamkorligida yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 16-aprel kuni, soat 19:30da Yakkasaroy tumanidagi “Next” koʻngil ochar savdo majmuasida “Milliy va zamonaviy raqslar kechasi” madaniy-koʻngilochar tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda OʻzDXAning eng iqtidorli talabalari ijrosida turli milliy va zamonaviy raqslar ijro etilib, flesh-moblar tashkil etildi. Shuningdek, Dilmurod Otajonov, Afruza kabi isteʼdodli xonandalarning yoqimli qoʻshiqlari va ushbu qoʻshiqlarga ijro etilgan raqslar konsert mazmunan yanada boyitdi.
Konsert ishtirokchilarining zavqlanib raqsga tushishlari, olqishlaridan hamkorlikda tashkil etilgan madaniy-koʻngilochar tadbir barchaga manzur boʻlganligi oʻzining yaqqol ifodasini topdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan