“Nihol” mukofoti tanlovi tuman, shahar, viloyat bosqichlarining saralash jarayonlariga start berildi

✅ Oʻzbekiston yosh va umidli iqtidor egalariga boy mamlakat. Oʻzining estrada, musiqa, mumtoz qoʻshiq, raqs va opera sanʼati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan insonlar yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni maʼnaviy barkamol inson qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʻbatlantirib borish maqsadida “Nihol” mukofoti taʼsis etilgan.

📣 Aziz yoshlar, joriy yilning aprel-may oylarida tanlovning tuman, shahar bosqichlari hamda iyun oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bosqichlari boʻlib oʻtadi.

✔️ Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan 17 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan isteʼdod egalarini Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan