O’zDXAda “Ilmdan boshqa najot yо‘q va bо‘lmagan” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Bugun, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida  “Ilmdan boshqa najot yо‘q va bо‘lmagan mavzusida  davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda akademiya  talaba-yoshlariga,  inson tafakkurini ma’naviy-diniy bag‘rikenglik g‘oyalari bilan boyitishda ilmdan boshqa najot yо‘qligi haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Toshkent Islom instituti katta о‘qituvchilari Jо‘rayev Farhod Abdusamatovich hamda Ubaydullayev Islom Musayevichlar mavzu doirasida bir qancha qimmatli o’z fikr va mulohazalarini bayon etishdi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutahassislardan tegishlicha javoblarini olishdi.

 

       

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan