E’LON !!! “O‘zbek milliy erkaklar raqsi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son hamda 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4585-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida:

– Akademiya professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari o‘rtasida joriy yilning 5 mayidan 5 iyunigacha bo‘lgan muddatda “O‘zbek milliy erkaklar raqsi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

– ko‘rik-tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalar joriy yilning 20 mayigacha kafedra mudirlari Durdona Abduhakimova va Po‘lat Toshkenboevlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

1.Pasport nusxasi.

2.Talabalar uchun “Xoreografiya san’ati fakulteti” dekanatidan, magistrantlar uchun “Magistratura bo‘limi”dan, professor-o‘qituvchilar uchun esa “Xodimlar bo‘limi”dan ma’lumotnoma.

3.Ko‘rik-tanlovga taqdim etiladigan asarning nomi, asar musiqasi va sahnalashtirgan muallifi hamda ijrochi(lar) ismi sharifi (F.I.Sh.) qayd etilgan ma’lumotnoma. Ma’lumotnoma sahnalashtiruvchi muallif tomonidan imzolanishi kerak.

 

Ma’lumotnoma namunasi

Taqdim etilayotgan asar to‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA

 

Asarning nomi Asar musiqasi muallifining ismi-sharifi Sahnalashtiruvchining ismi-sharifi Ijrochi(lar)ning ismi-sharifi
“Uchrashuv” Abduhoshim Ismoilov Omina Payozova Abdulla Hasanov

yoki

1.Abdulla Akbarov.

2.Tohir Zokirov.

3.Chori Beshimov

 

 

Ko‘rik-tanlov nizomini “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi” boshlig‘i Shahzoda Xudoynazarovadan olishingiz mumkin.                                                                 

 

Tashkiliy guruh

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan