AKTYORLIK MAHORATIDAN OCHIQ DARS BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 7-may kuni akademiyaning “Xoreografiya jamoalari rahbari” taʼlim yoʻnalishi 2-kurs talabalarining “Xoreografiya sanʼatida rejissura asoslari va aktyorlik maxorati” fanidan Ochiq darsi boʻlib oʻtdi.
Ochiq darsda talabalar tomonidan plastika, ritmika mashgʻulotlari shunindek, turli hayvonlar va predmetlar aktyorlik mahorati bilan tasvirlab berildi.

Fan oʻqituvchisi “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti Shoira Xamidova tomonidan tayyorlangan ushbu ochiq darsda ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar talabalarning, obrazni his qilish, ishonchlilik, aniqlik bilan aktyorlik mahoratlarini namoyish etganliklari uchun ularning barchasiga yuqori baho berishdi.

 

             

                       

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan