II XALQARO TALABALAR ILMIY-AMALIY ONLAYN-KONFERENSIYASI BО‘LIB О‘TDI

Joriy yilning 29 may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О‘zbekiston respublikasi  madaniyat  vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Moskva davlat lingvistika  universiteti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti va О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida “San’at va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar  yо‘lidagi ilk odimlar” II Xalqaro talabalar ilmiy-amaliy onlayn-konferensiyasi bо‘lib о‘tdi.

Ushbu konferensiyani О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektori  Shuhrat Toxtasimov о‘z sо‘zi bilan ochib, ilmiy anjumanning  raqs san’at rivoji yо‘lidagi dadil odimlardan biri ekanini va ushbu anjumanda ishtirok etayotgan barcha horijiy mutaxassislar, yosh izlanuvchilar hamda  talabalarga anjumandagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov “Milliy о‘zlik tuyg‘usi va yoshlar ma’naviyati” mavzusida ma’ruza о‘qib, milliy о‘zlikni anglash bugungi kun yoshlari ma’naviyatining yuksalishiga qaratilgan eng dolzarb masala ekani haqida ta’kidladi.

О‘zbekiston xalq artisti, О‘zDXA о‘qituvchisi Gavhar Matyoqubovaning Tо‘qqiz “Lazgi – tо‘qqiz tarixiy obida”, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti katta о‘qituvchisi, filolog Shahlo Naraliyevaning “Qadriyatlar integratsiyasi: Qozog‘iston о‘zbeklarining milliy raqs san’ati”, Moskva davlat lingvistika universiteti talabasi Mariya Shatovaning  “Узбекские национальные танцы”, Turkiya davlati Kastamonu universiteti magistri Sanjar Said “О‘zbek –turk madaniy aloqalari” mavzusidagi maqolalari va kо‘plab О‘zbekistonlik talabalarning ilmiy maqolalari ushbu konferensiyaning ilmiy tо‘plamida e’lon qilindi. Eng yaxshi ilmiy maqola mualliflari Diplom, Sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Konferensiya “О‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari tо‘plamini yaratish” innovatsion loyihasi doirasida о‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan