“MAHALLABAY” TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi 6208-sonli Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 29-apreldagi №202 sonli buyrugʻiga koʻra, Oliy taʼlim muassasalarining mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan “Mahallabay” tadbirlar davomli tarzda boʻlib oʻtmoqda.
Navbatdagi tadbir joriy yilning 2-iyun kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Konstitutsiya MFYda boʻlib oʻtdi. Tadbirga akademiyaning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi M.Shukurlayev, “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi mudiri, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi P.Tashkenbayev, ushbu kafedraning professori N.Qosimov va Matbuot kotibi M.Toʻychiyevalar jalb etildi.
Tadbir avvalida MFY raisi M.Rahimov bilan mahalladagi mavjud muammolar va ularning yechimi, uyushmagan yoshlarni ish bilan taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha oʻzaro suhbat boʻlib oʻtdi. Suhbat jarayonida mahalla raisi MFYda istiqomat qiluvchi 4882 ta fuqarolarning qariyb 65 foizini tashkil etuvchi yoshlar orasida 33 nafar uyushmagan yoshlarning mavjudligi, ular bilan doimiy amaliy ishlar olib borilayotgani, jumladan, avtomaktablarda, turli oʻquv kurslarida bepul oʻqishlari uchun MFY masʼullari tomonidan imkoniyatlar yaratilayotgani haqida soʻzlab berdi.
Shuningdek, akademiyadan tashrif buyurgan masʼullar ham bu borada bosh koʻmakchi sifatida ular bilan birga, yelkama-yelka ekanliklarini taʼkidlab, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida kompyuter savodxonligi, horijiy tillar, fitnes va raqs boʻyicha toʻgaraklarni bepul tarzda tashkil etilganini maʼlum qilishdi. Bunga yoshlarni doimiy jalb qilishda mahalla faollari bilan bamaslahat targʻibot ishlari olib masalalari kelishib olindi.
Qolaversa, MFY binosida mavjud kutubxonaga turli xil kitoblar taqdim etildi. Shundan soʻng masʼullar mahallani koʻzdan kechirib, xonadonlarga tashrif buyurishdi. Ularning mahalladagi shart-sharoitga munosabatlari oʻrganildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan