ABITURIENTLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda akademiyaning Urganch filialiga 2021/2022-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish e’lon qilinadi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli boyicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari:

• Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha);

• San’atshunoslik (turlari bo‘yicha);

• Xoreografiya (turlari bo‘yicha);                                                                               

• Xoreografiya (zamonaviy raqs).

Urganch filial ta’lim yonalishi:

• Xoreografiya (turlari bo‘yicha).  

Abiturientlardan hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan
20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali.

Shuningdek, qabul jarayoniga oid ma’lumotlar va natijalarni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining (www.uzdxa.uz) veb-sayti va rasmiy telegram kanali (https://t.me/uzdxaqabul2021) hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan