REKTOR VA YOSHLAR

Joriy yilning 16-oktabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Rektor va yoshlar» mavzusida navbatdagi suhbat tashkil etildi.

Ushbu suhbatda akademiya rektori Shuhrat Toxtasimov talaba-yoshlar bilan bugunning muhim masalalari: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, vaksinatsiya va ta’lim tizimida yangi joriy etilgan kredit-modul tizimi haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, Sh.Toxtasimov suhbat jarayonida talabalar sohaning bo’lajak mutaxassisi sifatida doimiy izlanuvchan va bilimga chanqoq bo’lishlari, yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, o’z kasbining chinakam egasi bo’lishlari haqida so’zladi.

Suhbat talaba-yoshlar uchun mazmunli va taasurotlarga boy tarzda bo’lib o’tdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan