Muzeyga tashrif

Joriy yilning 2-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari professor-oʻqituvchilar va tyutorlar boshchiligida Oʻzbekiston musiqa sanʼati namoyondasi, akademik Yunus Rajabiyning uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Talabalar muzeydagi nodir eksponatlar, musiqa cholgʻulari va nota qoʻlyozmalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ustozoda sanʼatkor, Oʻzbekiston xalq hofizi Xasan Rajabiy bilan davra suhbati uyushtirilib, suhbat davomida talabalar Yunus Rajabiyning hayot yoʻli, yaratgan asarlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Xasan Rajabiy tomonidan oʻzbek musiqa namunalaridan jonli ijroda kuy-qoʻshiqlar tinglandi.

Yunus Rajabiy uy-muzeyiga tashrif talabalarda oʻzbek musiqa sanʼati namoyondalari hayot va ijod yoʻliga hamda oʻzbek mumtoz musiqa sanʼatiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan