Milliy raqs ijrochilari Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 25-noyabr kuni Termiz shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

17-yoshdan 25-yoshgacha bo‘lgan madaniyat markazlari huzuridagi badiiy jamoalari va to’garaklarda, bolalar musiqa va san’at maktablarida hamda san’at va madaniyat muassasalarida raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan yosh iste’dodlar ishtirok etgan tanlovda hay’at raisi sifatida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining «Xoreografiya» kafedrasi dotsenti Erkinoy Saitova ishtirok etdi.

Tanlovda E.Saitova raqs san’atiga ishtiyoqi baland bir qancha is’tedod efalari bilan suhbat ham o’tkazib, ularga ustoz sifatida o’z maslahatlarini berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan