OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 26-noyabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Nozim Qosimov va akademiya mas’ullari ishtirokida Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o’tib, talabarga kerakli tavsiya va maslahatlar berib o’tildi.

Suhbat davomida N.Qosimov barcha talabalarni mas’uliyatli bo’lishga chaqirib, o’z vazifasiga sadoqat bilan yondoshishlari zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, har bir talaba yana bir bor akademiya va TTJning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishlari to’g’risida ogohlantirildi.

Uchrashuv turli fikr-mulohazalar bilan mazmunli tarzda o’tib, talabalar o’zlari uchun zarur xulosalar chiqarib olishlariga imkon yaratdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan