“Konstitutsiya – hayotimiz tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

Joriy yilning 7-dekabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» va «Xoreografiya» kafedralari hamkorligida “Konstitutsiya – hayotimiz tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni akademiya rektori Sh.Toxtasimov kirish so’zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiyamizning 29 yilligi bilan tabrikladi.

Tadbirga O’zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori Normurod Mamatov taklif etilgan bo’lib, N.Mamatov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat hayotidagi ahamiyati, uning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza o’qidi.

Tadbir davomida akademiya talabalari ijrosidagi raqslar bayram tadbiriga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Shuningdek, O’zDXAning «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi tomonidan e’lon qilingan
“Konstitutsiya – hayotimiz tayanchi” mavzusidagi maqololalar tanlovi g’oliblari taqdirlandilar.

Qolaversa, tadbir doirasida «O’qituvchi» nashriyoti bilan hamkorlikda kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan