“Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor”

Joriy yilning 16-dekabr kuni rejaga muvofiq 2021/2022-o‘quv yilining o‘n beshinchi haftasida “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” mavzusida o‘tkaziladigan “Axborot soati” mashg‘ulotlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutori H.Ro‘ziboev tomonidan 1-kurs “Kasb ta’limi” o’zbek guruhi o‘quvchilari uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan “Adiblar xiyoboni”da tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida talaba yoshlar hiyobondagi yozuvchi va shoirlar hayoti hamda ijodi xaqida yanada kengroq tasavvur va ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan