“Пушкинский бал”

Joriy yilning 26 dekabr kuni Toshkentdagi О‘zbekiston Rus madaniyati markazida buyuk rus shoiri A.S.Pushkin ijodiga bag‘ishlangan “Пушкинский бал” mavzuidagi bayram kechasi bо‘lib о‘tdi. Ushbu bayram tadbiriga О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov faxriy mehmon sifatida taklif etildi.

Tadbir davomida she’riy vokal-xoreografik kompozitsiya namoyish etilib, unda A.S.Pushkin asarlari asosida sahnalashtirilgan opera va balet spektakllaridan parchalar, she’r va romanslar ijro etildi. О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari va Yelena Nadirova rahbarligidagi “Молодой балет” jamoasi ishtirok etgan ushbu konsert dasturi barchaga manzur bо‘lib, olqishlar va e’tiroflarga sazovor bо‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan