SEMINAR-TRENING BO`LIB O`TDI

Bugun, 12-yanvar kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi boshlig‘i B.Alimov tomonidan О‘zDXA professor-о‘qituvchilari hamda rahbar hodimlari uchun “Respublika oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini shakllantirish va ushbu reytingda akademiyaning tutgan о‘rni” mavzusida seminar-trening о‘tkazildi.

Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini shakllantirishdagi muhim jihatlar tо‘g‘risida yig‘ilganlarga qator ma’lumotlar berib о‘tildi. Xususan, akademiyaning milliy reytingda tutgan о‘rnini yanada mustaxkamlanishida О‘zDXA jamoasi hamda professor-о‘qituvchilarning ahamiyati va bajarilishi zarur bо‘lgan vazifalar alohida ta’kidlab о‘tildi.

Mazkur seminar-trening savol-javoblarga, takliflar va fikr-mulohazalarga boy tarzda bо‘lib о‘tdi va jamoaning kelgusida izchil amalga oshirishi zarur bо‘lgan masalalar yanada ochiqlandi.

Eslatib о‘tamiz, akademiyada seminar-treninglar davom etadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan