NAVBATDAGI SEMINAR TASHKIL ETILDI

Bugun, 13-yanvar kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Xoreografiya” kafedrasi о‘qituvchisi I.Sultangirova tomonidan «Klassik raqsni o’qitish uslibiyoti» fani misolida kredit-modul tizimiga ixtisoslashgan HEMIS elektron platformasidan foydalanish qoidalari va uning afzallik jihatlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, seminarda O‘zDXA professor-o‘qituvchilari tomonidan fanning mazmun-mohiyati, uning professional ta’lim jarayonidagi ahamiyati, talabalarning о‘zlashtirish samarasini oshirish bо‘yicha amalga oshirilishi zarur bо‘lgan masalalalar yuzasidan о‘zaro fikr almashilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan