SEMINAR TRENING BО‘LIB О‘TDI

Bugun, 17-yanvar kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan «Axborot-texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammolar va ularni yechish yo’llari» mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Seminarda axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari bo’yicha video qo’llanma namoyish etildi.

Shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanishning qulayliklari haqida ma’lumotlar berilib, fikr-mulohazalar almashilindi. Seminar davomida Akademiya professor-о‘qituvchilari mavzu yuzasidan о‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan