YOSH OLIMLAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

Bugun, 21-yanvar kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Mirmuhsin G’ofurov boshchiligida Yosh olimlar Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo’lib o’tdi.

Ushbu yigʻilishda ilmiy tadqiqot olib borayotgan yosh olimlarning ilmiy seminarlari va akademiya Ilmiy kengashida har ikki oyda bir marotaba ularning ilmiy ma’ruzalarini tashkil etish masalalari haqida o’zaro fikr almashilindi.

Shuningdek, akademiyada faoliyat yuritayotgan yosh olimlar Xalqaro, Impact Factor, Scopusga yakka mualliflik hamda hammuallikdagi maqolalar, o’quv adabiyotlar tayyorlash va ularni patentlashtirish toʻgʻrisidagi masalalar yuzasidan suhbatlashildi.

Qolaversa, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 420 о‘ringa mо‘ljallangan 2022-yilgi 1-stipendiya tanlovi о‘tkazilayotgani haqida ham soʻz yuritildi. Yigʻilish so’ngida yuqoridagi masalalar yuzasidan qilinishi zarur bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan