ILMIY-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 21-yanbar kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs magistranti Xujametova Sevaraning «Xoreografiya sanatida milliy raqslarga monand grimlash va milliy liboslar tanlash masalalari» mavzusidagi dissertatsiya ishi bo’yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Ushbu seminar Toshkent viloyati Bekobod ixtisoslashtirilgan san’at maktabida, maktabning xoreografiya yo’nalishi o’quvchilari hamda o’qituvchilari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Seminar davomida raqqosa obrazini yaratishda ahamiyat qaratilishi zarur bo’lgan jihatlar, milliy raqs ijrosi uchun kerakli bo’lgan libos, aksesuar va grimni to’g’ri qo’llash to’grisida, shuningdek, bu borada qo’yilayotgan xatolar va muammolar, ularning yechimlari haqida ham nazariy, ham amaliy mashg’ulot o’tildi.

Bo’lajak yosh raqqosalar va ularning ustozlari ushbu seminarda mavzu yuzasizdan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Seminar mazmunli va qiziqarli tarzda o’tgani bilan barcha ishtirokchilarga manzur bo’ldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan