ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 581 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 8-fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “О‘zbekiston” DM bilan hamkorlikda ulug‘ mutafakkir, Mir Alisher Navoiyning 581 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy kecha hamda buyuk shoir g‘azallarini ifodali о‘qish bо‘yicha talabalar va she’riyat ixlosmandlari о‘rtasida xalqaro tanlovning taqdirlash marosimi bо‘lib о‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy kechani О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi О‘quv ishlari bо‘yicha prorektori Jahongir G‘aniyev kirish sо‘zi bilan ochib, mutafakkir shoir Mir Alisher Navoiyning sermahsul ijodi, ibratli hayoti haqida talabalar uchun ma’lumotlar berib о‘tdi. Shundan sо‘ng, akademiyaning “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta о‘qituvchisi, filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori Hulkar Hamrayeva, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti dotsenti, tilshunos, uslubshunos olima Shaxlo Nuraliyeva, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti о‘qituvchisi Salimjon G‘aniyev, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bо‘lim boshlig‘i taniqli shoira, tarjimon Farog‘at Xudoyqulova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat о‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Alisher Sabriylar ulug‘ bobokalonimiz A.Navoiy hayoti va ijodidagi о‘ziga xosliklar, uning davlat arbobi sifatidagi xalqparvarlikka asoslangan faoliyati tо‘g‘risida ma’ruza qildilar. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat lingvistika universiteti talabalari, Samarqand viloyati Kattaqо‘rg‘on tumanidagi 4-17-umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilari, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanining 2-umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘qituvchi va о‘quvchilari hamda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining bir guruh iqtidorli talabalari ishtirok etib, hassos shoir A.Navoiyning g‘azallari va ruboiylaridan о‘qib berdilar.

Tadbir sо‘ngida Mir Alisher Navoiyning 581 yilligiga bag‘ishlab О‘zDXAda buyuk shoir g‘azallarini ifodali о‘qish bо‘yicha talabalar va she’riyat ixlosmandlari о‘rtasida tashkil etilgan xalqaro tanlov g‘oliblari diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan