DIQQAT, TANLOV!!!

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qozog’iston o’zbek etnomadaniyat birlashmalari «Do’stlik» hamjamiyati, О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “О‘zbekiston” DM bilan hamkorlikda ulug‘ mutafakkir, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab buyuk shoir g‘azallarini ifodali о‘qish bо‘yicha talabalar о‘rtasida tanlov о‘tkaziladi.

Tanlov uchun tayyorlangan audio-video variantda о‘qilgan g‘azallarni joriy yilning 13-fevral kuniga qadar ushbu https://t.me/+icbw_cJ-TKY5YzIy telegram guruhiga yuborishingiz mumkin.

G‘oliblar diplom, kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi hamda ular о‘qigan g‘azallar “О‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” va “Adabiy jarayon” eshittirishlari orqali efirga uzatiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan