MAHALLARGA TASHRIF UYUSHTIRILDI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 14-fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining bir guruh mas’ullari akademiyaga biriktirilgan “Konstitusiya” va “Bog‘saroy” mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida qarorda belgilangan yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish kabi qator masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan