GRANT LOYIHASI DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA!

Bugungi kunda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-о‘qituvchilari tomonidan 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” mavzuidagi amaliy grant loyihasi ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.

Ushbu amaliy grant loyihasi doirasida joriy yilning 23-fevral kuni grant loyihasi ishtirokchilari Shahzoda Xudoynazarova, Muattar Tо‘ychiyeva va Mirmuhsin G‘ofurovlar Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan “7-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabi”da о‘quvchilar uchun milliy raqs san’ati bо‘yicha amaliy mashg‘ulot о‘tkazdilar.

О‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot davomida imkoniyati cheklangan о‘quvchi-bolalarning orzu-umidlari, san’atga bо‘lgan qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari borasida ham qizg‘in suhbatlashildi.

Ayniqsa, SH.Xudoynazarova tomonidan о‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot bolalarda ajoyib taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida akademiya va imkoniyati cheklangan bolalar maktabi о‘rtasida ta’lim-tarbiya sohasida о‘zaro hamkorlik qilish bо‘yicha shartnoma imzolandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan