AKADEMIYADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

Yakshanba, dam olish kuni  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi ko‘ngilli talaba-yoshlar akademiya hovlisida obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.

Hashar yo‘li bilan olib borilgan tozalik va obodonlashtirish ishlarida talabalar xushkayfiyat va yakdillik bilan mehnat qilib, akademiya hududi obodligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar va bu kabi xayrli ishlar davom ettirilishi istagini bildirdilar.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan