DIQQAT, TANLOV!

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi, Qozog‘iston xalq assambleyasi Qozog‘iston о‘zbeklari etnomadaniyat birlashmalari “Dо‘stlik” hamjamiyati, О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “OZBEKISTON” radiokanali bilan hamkorlikda о‘zbek she’riyatining malikasi Zulfiyaxonimning 107 yilligiga bag‘ishlab shoira she’rlarini ifodali о‘qish bо‘yicha talabalar о‘rtasida Xalqaro tanlov о‘tkaziladi.

Tanlov uchun tayyorlangan audio-video variantda о‘qilgan she’rlaringizni joriy yilning 9-mart kuniga qadar https://t.me/+LsuyFs06CWMwNzRi telegram guruhiga yuborishingiz mumkin. G‘oliblar diplom bilan taqdirlanadi, shunindek, ular о‘qigan she’rlar О‘zMTRK “O‘ZBEKISTON” radiokanalining “Bedorlik” va “Adabiy jarayon” eshittirishlari orqali efirga uzatiladi.

Eslatma: Talabgor she’rning nomini aniq aytishi va о‘zini tо‘liq tanishtirishi lozim.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan