BANDLIK MARKAZI FAOLIYAT BOSHLADI

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlashga yordam beradigan markaz – «BANDLIK MARKAZI» о‘z faoliyatini boshladi.

Markaz muntazam ravishda ya’ni ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha faoliyat olib borib, talabalarni bevosita qabul qiladi, ularning qiziqishi va kо‘nikma-tajribasidan kelib chiqqan holda ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Markazga murojaat qilgan talabalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:

1. Obyektivka – ma’lumotnoma.
2. HEMIS tizimidan о‘qiyotganligi tо‘g‘risida ma’lumotnoma.
3. Talabaning qiziqishlari tо‘g‘risida ma’lumot.
4. Pasport nusxasi.

Markaz Akademiyaning bosh binosi 2-qavatida (Karera markazi) joylashgan.

Qadrli talabalar, imkoniyatdan foydalaning!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan