«Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!»

Kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!» deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram tadbiri akademiya va Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan birgalikda tashkil etildi.

Bayram tadbiri milliy o‘yinlar, an’ana va qadriyatlar namoyishi, bayramona kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar va elga manzur san’atkorlar professor Salohiddin Azizboyev hamda O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov bayram tabriklari va go‘zal qo‘shiqlar ayniqsa bayram tantanasiga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan