MEMORANDUM IMZOLANDI

O’zbekiston delegatsiyasining Sankt-Peterburgga tashrifi doirasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Boris Eyfman raqs akademiyasi o’rtasida yetakchi xorijiy ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o’rnatish va o’quv jarayoniga ilg’or xalqaro tajribalarni joriy etishga oid Memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumda malakali xoreograflarning ish tajribasi bilan tanishish, ular bilan mahorat darslari va treninglar tashkil etish rejalashtirilgan bo’lib, kelgusida ikki akademiya o’rtasida memorandumga asosan amaliy ishlar olib boriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan