TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O`RGANILDI

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Z.Ismatullaev, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi F.Jabborov va tyutor H.Ro‘ziboev birgalikda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 7-mavze, 31-uy, 29-xonadonda ijarada yaqin qarindoshlari bilan istiqomat qiluvchi Professional ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Ibroximova Shaxnozabonuning yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida ular xonadoniga navbatdagi tashrif uyushtirildi.

Talabaning yashash sharoitlari, uning dars tayyorlash, dam olish va ovqatlanishi uchun ajratilgan xonalar ko‘zdan kechirildi. Xonadonda talaba bilan birga istiqomat qiluvchilar bilan suhbat o‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan