MUZEYGA TASHRIF

Bugun, 18-may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari D.X.Qosimova hamda S.A.Zahidovalar tashabbusi bilan akademiyaning “Xoreografiya jamoalari rahbari” va “Kasbiy ta’lim” yo‘nalishi 1-kurs rus guruhi talabalari bilan birgalikda poytaxtimiz markazida joylashgan Amaliy san’at muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Muzeyning boy tarixi talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg’otdi. Sababi uning asoschisi Markaziy Osiyo arxitekturasi va san’atiga nisbatan yuksak ehtiromda boʻlgan taniqli rus diplomati Aleksandr Polovtsevning shaxsiy uyida joylashgan boʻlib, bino yuqori darajadagi meʼmoriy-bezakli sanʼat namunasi hisoblanadi. XIX asr oxirida qurilgan ushbu saroy ichki qismi turli meʼmoriy bezaklar, ranglar jilosi uyg’unligini oʻzida aks ettirib, ganch, yogʻoch oʻymakorligining guzal namunalari bilan milliy ruhda bezatilgan. Shuningdek muzey ashyolarini qoʻl mehnatida ishlangan kulolchilik, zardoʻzlik, gilamlar, rasmlar, shoyi va zargarlik buyumlari tashkil etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan