MAHORAT DARSLARI DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya» kafedrasi dotsenti Erkinoy Saitova tomonidan Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilariga «O‘zbek raqs» fanidan mahorat darsi o‘tkazildi.

 Mahorat darsida o‘zbek raqs harakat va xolatlari, milliy raqs maktablarining o‘ziga xosligi, merosiy raqslarning ijro etilishi, har bir raqs harakatining ma’nosi, tarixi bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Shuningdek, E.Saitova mashg‘ulot davomida O‘zDXAda ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida targ‘ibot ishlarini ham olib bordi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan