HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Joriy yilning 25-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Navoiy viloyati Bolalar musiqa va san’at maktablari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-600-sonli farmoniga, madaniyat va san’at sohasida tenglik va ochiqlik tamoyillariga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.

Tomonlarning hamkorlik yo‘nalishlari va shakllari:

– O‘qituvchilarning tajriba almashish va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida o‘quv amaliy seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
– BMSM o‘qituvchilariga o‘quvchilarni turli tanlovlarga tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish;
– BMSMda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalarining pedagogik amaliyotini o‘tkazilishini ta’minlash;
– BMSM O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining yetakchi professor-o‘qituvchilarining mahorat darslarini, taniqli san’at va ta’lim arboblari, O‘zbekistonning mahoratli raqqosalari bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish va o‘tkazish;
– O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bitiruvchi yosh mutaxassislariga BMSMlarda ishlashi uchun tavsiya berish;
– Hamkorlikdagi faoliyatni ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib borishdan iborat.

Shuningdek, hamkorlik doirasida kelgusida talabalarni ish bilan band qilish hamda yoshlarni bandlik qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlarni kuchaytirish vazifalari belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan