DUSHENBEGA TASHRIF DOIRASIDA XALQARO HAMKORLIK O‘RNATILDI

Joriy yilning 21–22-may kunlari Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatrida Xalq artisti Malika Sabirova tavalludining 80-yilligiga bag’ishlangan Xoreografiya kechasi bo’lib o’tdi. Teatr direktori Kamoliddin Sayfiddinov taklifiga binoan, mazkur tadbirda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat Toxtasimov ishtirok etib, tashrif mobaynida Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Nazariyon Obid Odilzoda bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at instituti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xoreografiya kechasi doirasida akademiya rektori Sh.Toxtasimovning Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri direktori K.Sayfiddinov bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv natijasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatrida o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Hamkorlikning asosiy maqsadi – madaniyat va san’at sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda aloqalarni rivojlantirish, ijodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari bo’yicha xududlararo sherikchilik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirishdan iboratdir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan