MAHORAT DARSLARI VA TARG`IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Bugun, 27-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya» kafedrasi o‘qituvchisi Gulishod Abdiyeva tomonidan Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bitiruvchilariga «O‘zbek raqs» fanidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsida o‘zbek raqs harakat va xolatlari, milliy raqs maktablari merosiy raqslarining ijro etilishi va ularning alohida xususiyatlari bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Shuningdek, G.Abdiyeva mashg‘ulot davomida O‘zDXAda ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida targ‘ibot ishlarini ham olib borib, bitiruvchilarni akademiyada tahsil olishlari uchun hujjat topshirishlari taklifini bildirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan