Madaniyat vazirligi challenge e’lon qiladi.

#onagaehtirom

Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan millat tarbiyachisi sanalgan onalarimizga ehtirom va mehru muhabbatimizni izhor etish maqsadida #onagaehtirom xeshtegi ostida chaqiriq (challenge) e’lon qiladi.

Ushbu loyihada qatnashib, mehridaryo, munis onajoningizni eng samimiy dil izhorlaringiz bilan quvontiring. Zero, onalar doimo ehtirom va e’zozga munosibdirlar!

Eng yaxshi tabrik egalari turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib sifatida aniqlanib, joriy yilning 1-sentabr kuni quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

“Eng yaxshi videotabrik” – iPhone 13 pro;
“Eng samimiy rasm” – televizor;
“Eng ta’sirli tabrik so‘zi” — noutbook va yana ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan