XALQARO ALOQALAR BO’LIMI

ABDULOVA DIANA ULFATOVNA

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i.

  • Tel:(71) 215-56-31 (моб. (+99893) 512-45-95)
  • е-mail:  diana.abdulova@mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanba, Juma.11.00-13.00, 14.00-16.00

XALQARO ALOQALAR BO’LIMI HAQIDA

MA’LUMOT

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida  Xalqaro aloqalar bo‘limi 2017 yil sentyabr oyida tashkil etilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat xoreografiya akademiyasi (2017 yil 8 iyun), Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi (2018 yil 15 fevral), A.Ya.Vaganova  nomidagi Rus baleti akademiyasi (Sankt-Peterburg, 2018 yil 30 may), Belorussiya davlat madaniyat va sanʼat universiteti va va Belorussiya davlat xoreografiya gimnaziya-kolleji (Minsk shahri, 2020 yil 21 yanvar)  bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalar imzolangan.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Xalqaro aloqalar bo‘limi akademiya rektorining bevosita rahbarligi ostida quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:

– хorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlari, jamg‘armalar, nodavlat

tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish va rivojlantirish;

– сhet eldagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini shartnoma asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalariga dars berish uchun taklif etish;

– сhet ellik talabalarni shartnoma-to‘lov asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga o‘qishga taklif etish;

– O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilarini xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishga va talabalarni ilm olish uchun qisqa va uzoq muddatli safarlarga yuborish;

– хorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va anjumanlarda akademiya vakillarining ishtirokini taʼminlash;

– O‘zbekistonda o‘tkaziladigan turli darajadagi ilmiy anjumanlarga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda, taniqli xorijiy olimlarni taklif qilish;

– сhet eldagi mashhur ilmiy markazlar va turli dasturlar hamda ularning O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan vakolatxonalari bilan yaqindan aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish;

– хorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va vakolatxonalari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish;

-O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari safarga borgan xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari bilan aloqa o‘rnatish.