![]() |
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi Kafedra mudiri: Kosimova Dildora Hashimovna e-mail: — dil.dor@yandex.ru Qabul kunlari: dushanba – shanba 9:00 – 13:00 |
Kafedraning qisqacha tarixi
Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi 1997 yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4585 sonli qaroriga muvofiq Toshkent Davlat Milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.
Mazkur qarorga muvofiq “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. Turli yillarda kafedraga: texnika fanlari nomzodi I. Ibragimov, T. R. Nurmuxamedov, dotsent M. Sh. Murodova, tarix fanlari nomzodi J.X.G‘anievlar rahbarlik qilishdi.
Hozirgi kunda kafedrani pedagogika fanlari boʻyicha (PhD) Kosimova Dildora Hashimovna boshqaradi, kafedra faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan qonunchilik bazasiga asoslangan. Shu jumladan: “Ta’lim toʻgʻrisida” gi qonun, akademiyaning ta’lim tizimi faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlari, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasining ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi.
Kafedrada dotsenti, tarix fanlari nomzodi J.X.Ganiev, v.b. dotsent, pedagogika fanlari boʻyicha (PhD) M.U.Adasheva, dotsent, tarix fanlari nomzodi S.A.Zaxidova, sotsiologiya fanlari nomzodi M.A.Rizaeva va katta oʻqituvchi N.R.Yusupovalar muvaffaqiyatli faoliyat olib borib, nazariy va uslubiy ta’limni optimallashtirishmoqdalar. Oʻquv jarayonida ilgʻor ilmiy-amaliy yutuqlarni joriy etish orqali munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Kafedrada muntazam ravishda ilmiy-uslubiy seminarlar oʻtkaziladi, kafedra professor-oʻqituvchilarining ma’ruzalari tinglanadi va faol muhokama qilinadi. Bundan tashqari, kafedrada “Shaxmat”, “Xoreografiya san’atida axborot texnologiyalari” toʻgaraklari mavjud.
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:
Bakalavr yoʻnalishi boʻyicha:•
- Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
- Ma’naviyat asoslari
- Madaniyatshunoslik
- Sotsiologiya
- Xoreografiya san’atida axborot texnologiyalaridan foydalanish
- Psixologiya
- Psixologiya
- Markaziy Osiyo san’at tarixi
Magistratura mutaxasissligi boʻyicha:
- Xoreografiya san’atida raqamli texnologiyalar
- Xoreografiyada ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
Kafedraning professor-oʻqituvchilari:
Asosiy shtatda
- D.X.Kosimova
- J.X. Ganiev
- M.U.Adasheva
Tashqi oʻrindoshlar
- M. A. Rizaeva
- S.A.Zohidova
- N.R.Yusupova
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorligi:
Kafedra oʻzaro hamkorlik shartnomalariga ega. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining “Psixologiya” kafedrasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan amaliy hamkorlik qiladi. Hamkorlik doirasida quyidagi yoʻnalishlarda universitetlarning ixtisoslashtirilgan kafedralari bilan ishlar olib borilmoqda:
- birgalikdagi tadqiqot faoliyati;
- oʻquv adabiyotlari birgalikda yaratiladi;
- maqolalar va nashrlar tayyorlanadi va nashr etiladi;
- ilmiy-nazariy, amaliy forumlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkaziladi;
- bayram dasturlarini tashkil qilish va ularni oʻtkazishda amaliy yordam beradi.