![]() |
Xoreografiya kafedrasi Abduxakimova Durdona Mamadjanovna Xoreografiya kafedrasi mudiri Telefon: +998)94- 607-08-67 Email: durdona.abduxakimova@bk.ru |
XOREOGRAFIYA KAFEDRASI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4585-sonli Qarori asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.
Mazkur qarorga ko‘ra Raqs san’ati sohasida «ustoz-shogird» an’analariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida ko‘plab masalalarni amalga oshirish maqsad qilindi.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bugungi kunda keng qamrovli akademiyalardan biri bo‘lib, unda zaruriy profesional xoreografik bilimning muntazamligi ta’minlanadi. Xoreografiya yo‘nalishidagi diplomga ega yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu o‘quv muassasasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizim, to‘laqonli davr talabiga javob beruvchi mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan. Bu ta’lim tizimi yuksak darajadagi xoreografiya san’ati bilimini kafolati hisoblanadi.
Xoreografiya kafedrasining tarixi bundan 35 yil ilgari boshlangan. Xoreografiya kafedrasi 1974 yil sobiq Toshkent Davlat Madaniyat institutining madaniy oqartuv ishlari fakultetining “Havaskor xoreografiya kollektivi rahbari” bo‘limida ish boshlagan.
Kafedraga Moskva Davlat Teatr San’ati institutining (GITIS) bitiruvchisi Isroil Ismoilovich Xasanov boshchilik qilgan. Aynan I.I.Xasanov o‘ziga xos raqs Akademiyasi, ya’ni professional xoreografik bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashning asoschisi hisoblanadi. I.I.Xasanovdan keyin kafedraga S.Sh.Burxonov, dosent Gorlina.I.G, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi A.N.Mo‘minov, dosent Saitova.E.Ya, katta o‘qituvchi L.T.Xasanova, professor v.b. Sh.M.Toxtasimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O‘.N. Muxamedovalar, 2017 yildan boshlab Xoreografiya kafedrasiga dosent v.b. D.M Abduxakimova boshchilik qilib kelmoqda.
Xozirgi kunda Xoreografiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlar, darsliklar yaratildi, shu darsliklar asosida talabalar o‘z savodxonliklarini oshirmoqdalar.
Xoreografiya kafedrasida professor-o‘qituvchilarning talabalar bilan ko‘proq vaqtini ijodiy ishlarga yo‘naltirish maqsadida “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Xoreografiya sohasining yetuk namoyondalari va baletmeysterlardan O‘zbekistonda xizmat qo‘rsatgan san’at arbobi K.S. Sagatov, O‘zbekiston xalq artistlari B.R. Kariyeva, Q.Mo‘minov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar O‘.Muxamedova, M.M. Maxmudova, D.Yunusova, “Dustlik ordeni” soxibasi E.Ya. Saitova, dosentlar Magdiyeva, A.I. Yeshimbetova, R. Iskandarova, O. Komarova kabi ustozlar o‘z mahorat va bilimlarini yoshlarga o‘rgatib kelishmoqda. Ustoz-shogird an’analari muntazam faoliyat olib borishi natijasida Xoreografiya san’ati ta’lim yo‘nalishi talabalari nufuzli respublika va xalkaro qo‘rik-festivallarining g‘oliblari bo‘lib kelmoqda.
O‘zDXAda madaniyat va san’at xodimlari, xorijiy OTM lardan mutaxassislarni jalb etgan xolda talabalar uchun ilmiy- ijodiy uchrashuvlar hamda mahorat darslarni muntazam ravishda tashkil etib kelmoqda.