O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

G`ANIYEV JAXONGIR XAKIMJONOVICH

O`QUV  ISHLARI BO`YICHA PROREKTOR
  • Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba. 1o:00 – 13:00
  • Tel: (+998 71) 215-56-59
  • E-mail: tdmrxom@mrxom.uz

 

TARJIMAI HOL

 Ganiev Johongir Xakimjanovich 1977 yilda Namangan viloyati Haqqulobod shahrida  tug‘ilgan. 1984 yildan 1994 yilgacha 1-o‘rta maktabni  tugatib, Namangan davlat universiteti tarix fakul’tetiga byudjet asosida o‘qishga kirgan. 1999-2000 yillarda Namangan davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2000 – 2003 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasi tarix institutida kunduzgi aspiranturada o‘qigan. 2006-2008 yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti “O‘zbekiston tarixi va demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida avval o‘qituvchi, so‘ngra katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

J.Ganiev 2008 yili “Problemi istoriografii istorii religioznix konfessiy v Uzbekistane (1917-2000 gg.) ” mavzuidagi nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, tarix fanlari nomzodi (ph doctor of philosopy) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

2010-2012 yillarda A.Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2012-2017 yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

2017 yildan – 2019 yil avgustigacha Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi “Ijtimoiy-gumanitar fanlari” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

2019 yil avgustidan mazkur oliy ta’lim muassasida (2020 yil 4 fevraldan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi) o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

J.Ganiev mazkur muassasada 1-kurs talablariga “O‘zbekiston tarixi” va “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlaridan rus va o‘zbek guruhlarida mashg‘ulotlar olib boradi. Akademiyada J.Ganiev o‘tgan vaqt davomida jami 9 ta bitiruvchi malakaviy ishiga va bitta magistrlik dissertasiyasiga rahbarlik qilgan.

J.Ganiev ingliz tili bo‘yicha “intermediate” darajasiga ega.

J.Ganiev 1 ta uslubiy qo‘llama, 1 ta monografiya, 1 ta skopus ro‘yhatidagi jurnalda maqola va respublika miqyosida 12 tezis va maqolalar muallifi hisoblanadi.

J.Ganiev ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ijtimoiy faol, izlanuvchan olim, tashabbuskor tashkilotchi, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash malakasiga ega shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatdi. U intizomli, mas’uliyatli, jamoa bilan hamnafas, samimiy, kamtar, mexnatsevar, oilaparvar, o‘z kasbiga sadoqatli inson.

Uylangan, uch nafar farzandning otasi.