Bo’limdagi raxbar va xodimlar:
Atavullayev Xayrullo Ahmadovich
YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BOʻLIMI BOSHLIGʻI Qabul kunlari: Dushanba – Juma 10:00-15:00 Telefon: 71 215-56-86 Email: info@uzdxa.uz |
Bo’limning vazifalari:
- Fakultet dekanatlari va kafedralarning namunaviy rejalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishini ta’minlash;
- Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejalarini tuzilishini uslubiy ta’minlash;
- Akademiyada amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarida faol ishtirok etish;
- Akademiya kafedralari, boʻlimlari va talabalar turar joylarida “Ma’naviyat soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlari va mashgʻulotlarini reja asosida oʻtkazilishini tashkil qilish uslubiy yordam koʻrsatish;
- Yuqori tashkilotlar va rektoratdan boʻlimga kiruvchi hujjatlarni alohida daftarda roʻyxatini yuritish va ijrosini ta’minlash;
- Boʻlim faoliyatiga taalluqli buyruq va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash, kelishuv imzolarini olish hamda boʻlim boshligʻiga taqdim etish;
- Akademiyada Davlat dasturlarini tuzilishi, tasdiqlanishi, tegishli mas’ullarga yetkazilishi va ijrosini ta’minlash;
- Ma’naviyat soatlarini mavzularini tanlash va barcha kafedralarda ijrosini ta’minlash;
- Akademiyada va talabalar turar joylarida oʻtkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bayonnomalarini rasmiylashtirish va ish yuritish nomenklaturasi boʻyicha tegishli yigʻmajildlarga joylashtirib borish;
- Murabbiylar kengashi hamda murabbiylarga uslubiy yordam berish;
- Kafedralarda ma’naviyat xonalarini tashkil etish va jihozlashda uslubiy yordam koʻrsatish;
- Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’ullarning bilimlarini oshirish va tadbirlar rejalarini tuzishda uslubiy yordam berish;
- Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
- Boʻlim arxivi va kartotekasini yuritish.
- Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
- Akademiya ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.