RAHBARIYAT

O`zbekiston davlar xoreografiya akademiyasi rektori

TOXTASIMOV SHUXRAT MAXMUTOVICH

Professor

Qabul kunlari: Payshanba:  10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-98

E-mail: sh.toxtasimov@uzdxa.uz

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich 1960 yil 6 sentabrda Toshkent shahrida tug’ilgan.

1978 yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.

1980-1984 yillarda A.Navoiy nomidagi О’zbekiston Davlat Akademik katta teatrida balet artisti bо’lib ishlagan.

1984-1988 yillarda Moskva Davlat teatr san’ati institutini “Xoreografiya” fakultetida tahsil olib, “Pedagog-baletmeyster” mutaxassisligi bо’yicha bitirgan.

2002 yilda “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.

2008-2010 yillarda “Maxsus mumtoz raqs” bо’limi mudiri lavozimida ishlagan.

2011 yilda “Xoreografiya” kafedrasi mudiri bо’lgan.

2012 yilda rektor vazifasini bajaruvchi va 2015 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga (2020 yil 4 fevraldan O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi) rektor lavozimiga tasdiqlangan.

Ma’lumot yo’q

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor

SULTANOVA RUSHANA RAMILOVNA

O’zbekiston xalq artisti

Qabul kunlari: juma. 10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-86

E-mail: r.sultanova@uzdxa.uz

Ma’lumot yo’q

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va tarbiya sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni ta’minlash;

Yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalarini, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlariga oid masalalar boʻyicha Ijtimoiy majburiyatni olishi, OTM Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosini tashkil etish;

Talaba-yoshlaming ijtimoiy faolligini kuzatib borish va mutasaddi tashkilotlar (IIV, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, DXX, FVV, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar) bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish;

OTM sport-sogʻlomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashishini ta’minlash masalalarini nazorat etish;

Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talaba va yoshlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulugʻbek, Ibn Sino va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

OTM “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ni buzgan talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda xodimlarga nisbatan chora koʻrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish;

OTM tarkibiy tuzilmalariga yoʻnalishdagi vazifaning mohiyatidan kelib chiqqan holda topshiriq berish, uning ijrosini talab qilish, shuningdek ushbu yoʻnalishda berilgan topshiriqlarni bajarmagan yoki e’tiborsiz munosabatda boʻlgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish boʻyicha rektorga taqdimnoma kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-oʻqituvchilarga oʻz vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy- ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;

Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim muassasasi jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkoriikda ishlash;

Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

JUMAYEV SOBIRJON SAIDOVICH

 

Qabul kunlari: Seshanba: 14:00 – 17:00

Tel: (+998 71) 215-56-59

E-mail: s.jumayev@uzdxa.uz

Ma’lumot yo’q

Ma’lumot yo’q

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

KASIMOV NOZIM KOZIMOVICH

Professor

Qabul kunlari: Dushanba. 14:00 – 17:00

Tel: (+998 71) 215-56-96

E-mail: n.kasimov@uzdxa.uz

 

Ma’lumot yo’q

Ma’lumot yo’q

Ishlar boshqarmasi boshligʻi

YO’LDASHEV ODIL MAQSUD O’G’LI

Qabul kunlari: Chorshanba. 10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-96

E-mail: o.yoldashev@uzdxa.uz

Ma’lumot yo’q

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlarining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
  • Institut moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Reja-moliya bo‘limi, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, dividend va h.k) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag’batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish;
  • Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlar asosida topilgan mablag’larning daromadlar va harajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazishini ta’minlash;
  • Institut harajatlar smetalarining bajarilish, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borishini nazorat qilish;
  • Institutga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshoatlarni rekonstruksiya va capital ta’mirlash ishlari loyiha – smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • Shtat , byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;