2024-yil birinchi yarim yilligida ilmiy-tadqiqot va iqtidorli talabalar bilan ishlash yoʻnalishi amalga oshirilgan ishlar

 

  1. 2024-yil yanvar oyida “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi joʻrnavozi, oliy toifali sozanda, ijodkor Avazbek Xolmirzayev Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining hayʼat komissiyasi tomonidan uyushma aʼzoligiga qabul qilinib, unga bastakor maqomi berildi.
  2. 2024-yilning 28-yanvar kuni Hindistondagi Javoharlaʼl Neru universiteti tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida «Lazgi»- muhabbat va qalb raqsi» mavzusida Xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi. Unda hindistonlik tarjimon, doktor Shamenaz Bano, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov, OʻzDXA Urganch filiali professori, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori B.Abdirimov, xalqaro jurnalist va tarjimon A.Allayorov, Turkiyadagi Anadoʻli universiteti magistranti G.Qurbonova, Hindiston Hukumat kolleji professori Shahnaz Xon ishtirok etdi. OʻzDXA «Sanʼat nazariyasi va tarixi» kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva, sirtqi boʻlim talabasi, «Nihol» Davlat mukofoti sovrindori Dilnoza Artiqova, sanʼatshunoslik taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Zoirbek Oʻroqovlarning  «Lazgi» raqsining tarixi, badiiy-estetik, etnografik xususiyatlari haqidagi  maʼruzalari seminar qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Ilmiy seminarni Javoharlaʼl Neru universiteti talabasi Sajjid Husayn oʻzbek tilida olib bordi. Kelajakda Nyu-Dehlida «Hind-oʻzbek raqslari festivali» oʻtkazish haqida kelishib olindi.
  3. 2024-yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga Birlashgan Arab Amirligining Fujayra Nafis sanʼat akademiyasi vakillari: Alaa Salah Atiya – Madaniyat va sanʼat boʻyicha direktor yordamchisi, Janob Ramiy Xaj Hasan – Madaniyat va sanʼat boʻyicha direktor yordamchisi, Nigora Yoqubova – BAAning Toshkentdagi elchixonasi kotibi va tarjimoni tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrif davomida maxsus fanlar boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashib, talabalarning oʻquv jarayonlari, talabalar turar joyi, kutubxona, oʻquv xonalari bilan yaqindan   Uchrashuv yakunida mehmonlar uchrashuv samarali oʻtganini aytib, kelgusida hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini eʼlon qildilar.
  4. 2024-yilning 1-fevral kuni Moskva davlat madaniyat instituti tomonidan oʻtkaziladigan “Ijodkorlik kodi” xalqaro olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish va uni hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etish maqsadida videokonferensiya formatida urashuv tashkil etildi. Onlayn uchrashuvda olimpiada tashkilotchilari talabalarga magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilinishi uchun joriy qilingan saralash qoidalari, bosqichlari va shartlari, oʻqishning qiziqarli jihatlari haqida soʻzlab berildi hamda akademiya talabalari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, onlayn uchrashuvda akademiya rektori Sh.Toxtasimov, Xalqaro boʻlim boshligʻi D.U.Abdulova hamda “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti A.I.Yeshimbetova, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi oʻqituvchisi S.E.Useinova ishtirok etdi.
  5. 2024-yilning 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-oʻqituvchilari va talabalarining 2024-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
  6. 2024-yil 5-fevral kuni Oʻzbekistan Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyatining 2024-yil 2-fevraldagi 06-08-05-sonli topshirigʻiga koʻra, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi hamda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida “Renessans” kino uyida “Maʼrifatparvar ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusida respublika ilmiy seminari tashkil etildi. Mazkur seminarda olima ayollar, sanʼatkorlar, shoir va yozuvchilar hamda jurnalistlar bilan birgalikda akademiya pedagog-xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
  7. 2024-yil 5-fevral kuni Turkiyadagi OʻZBEK pedia TV tashabbusi bilan Istanbul universiteti, Qozogʻiston oʻzbeklari etnomadaniy birlashmalari “Doʻstlik” hamjamiyati, Qozogʻiston Respublikasi J.Tashenev nomli universitet, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi TDOʻAU hamkorligida “Navoiy va turk dunyosi” mavzusida xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi. Seminarda “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi mudiri Sh.Umarov, filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) T.Butunbayeva, sanʼatshunoslik yoʻnalishi talabalari S.Ismatova, Z.Oʻroqov, R.Karamova, J.Mirsoliyev, Sh.Qodirov,M.Tursunovalar ishtirok etishdi. Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent v.b. H.Hamroyeva “Mir Alisher Navoiy asarlarida raqs sanʼati talqini” mavzusida maʼruza qildi. M.Tursunova va Sh.Qodirovlar oʻqigan gʻazal ilmiy seminarga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Istanbul universiteti professori, doktor Yemekbey xalqaro ilmiy seminar qizgʻin bahs-munozaralar ruhida oʻtganini aytib, kelgusida OʻzDXA bilan hamkorlikni yanada kengaytirish      niyatida ekanliklarini bildirdi.
  8. 2024-yil 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali tomonidan «Raqslar guldastasi» nomli II Xalqaro milliy raqs ijrochiligi koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Mazkur koʻrik-tanlovda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari ham faol ishtirok etib, yakka ijrochilik yoʻnalishi boʻyicha faxrli
    1-oʻringa Radjabov Hasan, 2-oʻringa Joldasbayev Jaras, 3-oʻringa Seytmuratov Uktam munosib deb topildilar va gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Xalqaro koʻrik-tanlovda ishtirok etgan talabalarni tayyorlagan ustozi Kenjebayev Sherzod Aliyevich “TASHAKKURNOMA” bilan, gʻoliblar “DIPLOM” bilan taqdirlandilar.
  9. 2024-yilning 9-10-fevral kunlari Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan “Navoiy oʻqishlari” Xalqaro koʻrik-tanlovda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi sharafini “Sanʼatshunoslik” yoʻnalishi talabalari himoya qilib, Surayyo Ismatova faxrli 1-oʻrin, Raʼno Karamova va Sherzod Qodirov 2-oʻrin, Musharraf Tursunova va Jamshidbek Mirsoliyev 3-oʻrin sohiblari boʻlib, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Rahbar va tashkitlotchi sifatidi X.Xamroyeva faol ishtirok etdi.
  10. 2024-yil yanvar oyida Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida boʻlib oʻtgan «JANUBIY URAL YULDUZLARI» III Xalqaro koʻp janrli festival-tanlovida “Xoreografik sanʼat” nominatsiyasi boʻyicha akademiyaning iqtidorli talabalaridan Joldasbaev Jarasli, Seytmuratov Uktam, Radjabov Xasan faxrli birinchi oʻrin gʻoliblari boʻldilar. Shuningdek, ularning ustozlari “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi  dotsenti Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna va Kenjebayev Sherzod Aliyevichlar “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.
  11. 2024-yil 16-fevral kuni Hindistonning TOP mingtalikka kirgan Javaharlal Neru universitetining Fors tili va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari, filologiya fanlari doktori, professor Axlaq Axan bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha uchrashuv tashkil etilib, kelgusidagi istiqbolli rejalar kelishib olindi.

2024-yil 21-fevral kuni “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi va kafedra dotsenti tashabbusi bilan “Surxon raqs maktabi etimologiyasining ilmiy-nazariy aspektlari” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur ilmiy-amaliy seminarda Surxondaryo raqs maktabining qadimgi ildizlari, tarixi, anʼanalari, madaniyati, sanʼati, arxeolog olimlar tomonidan topilgan raqs sanʼatiga oid qadimiy buyumlari haqida soha mutaxassislari tomonidan maʼruzalar tayyorlanib, akademiya professor-oʻqituvchilari,  mutaxassislar va talabalarga oʻqib eshittirildi. Ilmiy-amaliy seminarning nazariy qismida Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻqituvchisi Shoira Qurbonova tomonidan “Surxon raqs maktabinig asosiy qoʻl va oyoq holatlari va unda ijro etiluvchi asosiy harakatlar tizimining nazariy asoslari” koʻrsatilib, har bir holatga izoh berib oʻtildi. Seminarning amaliy qismida “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Erkinoy Saitova hamda Shoira Qurbonova tomonidan “Xoreografiya jamoalari rahbari” yoʻnalishi 4-bosqich talabalari ishtirokida surxon raqs maktabinig asosiy qoʻl va oyoq holatlari, unda ijro etiluvchi asosiy harakatlari, shuningdek, “Chiroq”, “Labida holi”, “Doira”, “Qoshiq”,  “Surnay raqs”lari sahnalashtirilib, taqdimoti namoyish etildi.

  1. 2024-yil 21-fevral kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida «Maʼrifatparvar ajdodlarimiz merosi-milliy taʼlim-tarbiya asosi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Mazkur anjumanda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya davlatlari nufuzli oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Shuningdek, OʻzDXA prorektori, professor N.Qosimov, fil.f.d. (DSc) H.Hamroyeva, kafedra mudiri Sh.Umarov, dotsent P.Tashkenbayev, katta oʻqituvchi T.Butunbayeva (PhD), taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi B.Alimovlarning jadid maʼrifatparvarlarining pedagogik merosida ilmparvarlik, bagʻrikenglik gʻoyalari, musiqa madaniyati, oilada nafosat tarbiyasi mavzusidagi maʼruzalari anjuman qatnashchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida oʻtkazilgan jadid adabiyoti va pedagogikasiga doir yangi kitoblar taqdimoti anjuman qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Mazkur anjuman toʻplamida akademiya professor-oʻqituvchilarning maʼruzalari nashr ettirildi.
  2. 2024-yil 23-fevral kuni (20.30da) “Dunyo boʻylab” telekanali orqali efirga uzatilgan «Pokoleniye NEXT» telekoʻrsatuvida “Xoreografiya jamoalari rahbari” taʼlim yoʻnalishi 3-kurs rus guruhi iqtidorli talabasi Asadbek Abakulov ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan maxsus koʻrasatuv tashkil etildi.
  3. 2024-yil fevral oyida sirtqi boʻlim “Xoreografiya jamoalari rahbari” taʼlim yoʻnalishi 5-bosqich talabasi Abdimurodov Madiyor Egamurod oʻgʻli MDH davlatlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Tojik raqs sanʼati” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, ilmiy matbuot markazi tomonidan “ILM FAN QANOTI” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
  4. 2024-yil fevral oyida “Oʻzbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Jomonov Rovshan Oripovich nomzodi koʻp yillik ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari asosida “Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi”ga kiritildi.
  5. 2024-yilning 28-fevral kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Rossiya Federatsiyasidagi hamkori – Moskva Davlat lingvistika universititetida Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Mazkur anjumanda OʻzDXA rektori Sh.Toxtasimov, OʻzDXA prorektori, professor N.Qosimov, “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva,   filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta oʻqituvchi T.Butunboyevalar onlayn tarzda ishtirok etishdi. Shuningdek,  “Sanʼatshunoslik” taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabalari S.Ismatova, Z.Oʻroqov, R.Karamova va 2-bosqich talabalari Z.Mirgʻiyosova, R.Hojiyev, J.Mirsoliyev, Sh.Qodirovlar anjumanda Zahiriddin Muhammad Bobur  ruboiylaridan namunalar  oʻqib berishdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
  6. Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 2024-yil
    4-martdagi PQ-111-con qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs talabasi Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna hamda akademiyaning Urganch filiali 2-kurs talabasi Sapayeva Risolat Rustam qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
  7. 2024-yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ““Lazgi” raqsining shakllanish tarixi va tendensiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi. Mazkur anjumanda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori N.K.Kasimov hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Umumiy yalpi majlisda akademiyaning xorijlik hamkorlari-Qozogʻiston oʻzbeklari etnomadaniy birlashmalari «Doʻstlik» hamjamiyati raisi I.Hoshimjonov, J.Tashenev nomli universitet xalqaro hamkorlik departamenti direktori, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Sh.Naraliyeva, OʻzDXA rektori Sh.M.Toxtasimov, «Sanʼat nazariyasi va tarixi» kafedrasi dotsenti v. b. H.Hamroyevalar maʼruza bilan qatnashdi. Shuningdek, anjumanning shoʻba yigʻilishlarida akademiyaning bir qator professor-oʻqituvchilari oʻzlarining maʼruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
  8. 2024-yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida»gi Farmoniga koʻra, Xoreografiya pedagogikasi kafedrasi dotsenti Iskandarova Roza Raxmanovna“Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
  9. 2024-yilning fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4585-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ilk marotaba 2024-yil 2-chorak uchun 17.00.09-Raqs sanʼati ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi. Imtihon natijalariga koʻra 5 nafar talabgor mustaqil izlanuvchilikka qabul qilindi.
  10. 2024-yilning fevral oyida “Lazgi” xalqaro festivali doirasida professorlar Gavhar Matyoqubova, Shuxrat Toxtasimov va dotsent Xulkar Hamroyevalar tomonidan Xorazm “Lazgi” tarixi va tavsifi nomli monografiyasi nashr
  11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 29-fevraldagi 351/1-son bayonnomasiga asosan “Xoreografiya pedagogikasi” dotsenti vazifasini bajaruvchi Yeshimbetova Aydin Ibadullayevnaga “Teatr sanʼati” ixtisosligi boʻyicha “dotsent” ilmiy unvoni berildi.
  12. 2024-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrugʻi bilan vazirlik huzurida madaniyat va sanʼat sohasiga oid lugʻatlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiquvchi ishchi guruhi tarkibida akademiya professorlari R.Jomonov va N.Kasimov faoliyat olib bordi.
  13. 2024-yil mart oyida “Xoreografiya jamoalari rahbari” taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Toʻxtasinova Guliraʼno Anvarjon qizi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) miqyosida oʻtkazilgan «Kelajak qanoti» xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik-tanlovda oʻzining «Oʻzbek raqs sanʼatining rivojlanish yoʻllari» nomli maqolasi bilan ishtirok etib, koʻrik-tanlovning koʻkrak nishoni, maxsus esdalik statuetkasi hamda sertifikati bilan taqdirlandi.
  14. 2024-yil 15-18-mart kunlari Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan «Azimut tansa» xalqaro koʻrik-tanlovida “Xoreografiya jamoalari rahbari” taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabasi Ibrayimova Ayimxan Abdambet qizi “Togʻ qizi”, “Zavqim kelur” nomli raqslarini ijro etib, faxrli I-darajali diplom bilan taqdirlandi.
  15. 2024-yilning 27-mart kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga oʻzbek raqs sanʼati bilan yaqindan tanishish, ilmiy jihatdan oʻrganish, kelajakda hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Yaponiya Gakusyuin universiteti professori janob Xiromi Xyodo, Sensyu universiteti professori janob Shigeto Nuki hamda Rikke universiteti professori janob Soejima Xiroxiko tashrif buyurishdi. Uchrashuv yakunida istiqboldagi rejalar kelishib olindi.
  16. 2024-yil 3-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori 1-ilovasi
    43-bandiga muvofiq Respublikamizdagi mavjud ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining “Web of science” va “Springer Nature” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasidan erkin foydalanishini taʼminlash vazifasi belgilangan. Mazkur vazifaning ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga “Springer Nature” xalqaro maʼlumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratgan. Shu munosabat bilan “Eastern Europe Extended Group” kompaniyasi muharriri Tatyana Golea tomonidan ““Springer Nature”da nashr qilish imkoniyatlari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Mazkur tadbirda akademiya masʼullari va pedagog-xodimlar faol ishtirok etishdi.
  17. 2024-yilning 9-aprel kuni Qozogʻiston milliy xoreografiya akademiyasida boʻlib oʻtgan “Velikiye lichnost velikoy stepi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida oflayn shaklda I.Sultangirova va Sh.Jalilova hamda onlayn tarzda I.Gorlina, S.Useinova, A.Yeshimbetova, L.Sultonova, T.Glazunova, A.Boreyko, A.Magdiyeva, Ye.Kari-Yakubova, M.Leviskaya, E.Saitova ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, anjuman materialllari toʻplamida ishtirokchilarning maʼruzalari nashr ettirildi.
  18. 2024-yil 8-aprel kuni yetakchi tashkilot sifatida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti doktorantlari Muxtorova Muhayyo Saidmurot qizining “Oʻzbek badiiy kinosida komediya janri” hamda Niyazova Xafiza Xakimovnaning “Mustaqillik davri Oʻzbekiston badiiy kinosida zamondosh obrazi” mavzusidagi 17.00.03Kino sanʼati. Televideniye ixtisosligi boʻyicha sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyalari boʻyicha ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Muhokama yakunlari natijasida har ikkala dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi.
  19. 2024-yil 11-aprel kuni Chelyabinsk davlat madaniyat instituti tomonidan tashkil etilgan yosh tadqiqotchilarning “Kulturnыe initsiativы” mavzusidagi 56-Butunrossiya ilmiy konferensiyasida akademiya magistrant va tadqiqotchilari ishtirok etdilar.
  20. 2024-yil 15-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori 9-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil18-yanvardagi 16-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati: milliy meros va integratsion jarayonlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Mazkur anjumanda balet sanʼati sohasidagi ijodiy izlanishlar, raqs sanʼatidagi yangi ijodiy loyihalar va jarayonlar, xoreografiya taʼlimida xalqaro hamkorlikning ahamiyati, milliy raqs sanʼati va etnografiya, folklor raqslarini targʻib etish, Oʻzbekiston sanʼatining dolzarb masalalari, Oʻzbekiston sanʼati tarixining oʻrganilmagan sahifalari,  sanʼatshunoslik sohasidagi yangi izlanishlar, milliy sanʼat va qadriyatlar integratsiyasi, pedagogik texnologiyalar sohasidagi innovatsion yondashuv, globallashuv sharoitidagi madaniy-gumanitar jarayonlar, jadidlar merosining bugungi kundagi ahamiyati, milliy meros va umumbashariy qadriyatlar, ijtimoiy-gumanitar fanlarning madaniyat va sanʼat taraqqiyotidagi oʻrni kabi masalalar muhokama etilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
  21. 2024-yil 15-19-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Peri davlat madaniyat instituti tomonidan tashkil etilgan “Mir kulturы glazami molodыx issledovateley” mavzudagi talabalarning ilmiy haftaligida akademiyaning bir guruh iqtidorli talabalari mazkur haftalikda onlayn shaklda faol qatdashdilar.
  22. 2024-yil 23-24-aprel kunlari Chelyabinsk davlat madaniyat instituti taklifiga binoan Xalqaro intellektual forumida akademiya doktorantlar ishtirok etdilar.
  23. 2024-yil 17-aprel kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Qozogʻiston Respublikasidagi doimiy hamkori – Jumabek Tashenov nomidagi universitetda yosh olimlar va talabalarning anʼanaviy “Yoshlar va fan – 2024” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi. Mazkur anjumanda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, professor N.Qosimov, “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva, shuningdek, “Sanʼatshunoslik taʼlim yoʻnalishi talabalari: Jamshid Mirsoliyev “Oʻzbek raqs sanʼatining milliy chizgilari”, Musharraf Tursunova “Oʻzbek – Qozoq ilmiy–madaniy aloqalari”, Durdona Ubaydullayeva “Qozogʻiston oʻzbeklari bolalar folklor raqslari” mavzularida rus va oʻzbek tillarida maʼruzalari bilan masofadan ishtirok etdilar.
  24. 2024-yilning aprel oyida akademiya rektorining tashabbusi bilan “OʻzDXA bukleti” tayyorlanib, nashrdan chiqarildi.
  25. 2024-yilning 27-aprel kuni Xorazm viloyati, Xiva shahrida YUNESKO, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Xorazm viloyat hokimligi hamda TURKSOY-Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti hamkorligida 2-xalqaro “Lazgi” festivali doirasida, “Xorazm “lazgi” raqsi: madaniy diplomatiyani rivojlantirishning ilmiy – nazariy, maʼnaviy – maʼrifiy tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Mazkur anjumandan akademiya rektori rahbarligidagi ishchi guruhi faoliyat olib bordi. Shuningdek, anjuman toʻplamida akademiyaning 24 nafar professor-oʻqituvchi va xodimlari hamda 6 nafar iqtidorli talaba-yoshlarning maqolalari eʼlon qilindi.
  26. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2024-yil 24-apreldagi 215-son buyrugʻiga asosan mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va sanʼati nufuzini jahon miqyosida oshirishda fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan akademiyaning professor-oʻqituvchilaridan Alina Magdiyeva, Maloxat Maxmudova, Irina Sultangirova, Shaxzoda Xudoynazarova, Alevtina Boreyko va Susana Useinovalar “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
  27. 2024-yil 28-apreldan 5-mayga qadar Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist, Sank-Peterburgning “Zolotoy Sofit” oliy teatr mukofoti sovrindori Kuzmina Yelena Anatolevna tomonidan oʻquv, ilmiy-ijodiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslari hamda davra suhbatlari tashkil etildi.
  28. 2024-yil 10-maydan 8-iyunga qadar Temirbek Jurgenov nomidagi Qozogʻiston milliy sanʼat akademiyasining 2-kurs doktoranti Kulketov Berik Alpisbayevich “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi negizida ilmiy stajirovkasini oʻtadi.
  29. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrugʻiga asosan:X.Maxmudovaning 60211600 – Taʼlim yoʻnalishi: Xoreografiya (turlari boʻyicha) “Oʻzbek raqsini oʻqitish uslubiyoti” (Qoraqalpoq raqs maktabi) nomli oʻquv qoʻllanmasiga, O.K.Komarovaning 60211600 – Taʼlim yoʻnalishi: Xoreografiya (turlari boʻyicha) “Obrazsы narodno-ssenicheskogo tansa” nomli oʻquv qoʻllanmasiga, M.U.Adashevaning 70211601 – Xoreografiya sanʼati va xoreografiya (turlari boʻyicha) “Xoreografiya sanʼatida raqamli texnologiyalar” nomli darsligiga, shuningdek, 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrugʻiga asosan X.X.Xamrayevaning 60211000 – Taʼlim yoʻnalishi: Sanʼatshunoslik (turlari boʻyicha) “Xoreografiya boʻyicha sanʼatshunoslik mutaxassisligi” nomli oʻquv qoʻllanmasiga, M.A.Muxamedovaning
    60211000 – Taʼlim yoʻnalishi: Sanʼatshunoslik (turlari boʻyicha) “Raqs dramaturgiyasi asoslari” nomli oʻquv qoʻllanmasiga, G.M.Iskandirovaning 60211000 – Taʼlim yoʻnalishi: Sanʼatshunoslik (turlari boʻyicha) “Sanʼatshunoslikka kirish. Sanʼat nazariyasi” nomli oʻquv qoʻllanmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.
  30. 2024-yilning 20-21-may kunlari boʻlib oʻtgan Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida akademiyaning iqtidorli talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar. Mazkur tanlovda akademiyaning 4-bosqichi talabasi Shukurova Sevinch Ravshanbek qizi 1-oʻrin, Hayitmatova Karina Iskanderovna va Ergasheva Xushnozaoy Tohirjon qizi 2-oʻrinni egalladilar.
  31. 2024-yilning 20-31-may kunlari Qozogʻiston milliy ayollar pedagogika universitetining “Xoreografiya” kafedrasi katta oʻqituvchisi Kusanova Anipa Yerlan qizi hamda “Art-menejment” kafedrasi katta oʻqituvchi Doskarayeva Anar Alixanovnalar uchun qisqa muddatli (toʻlovli) stajirovkasi tashkil etildi.
  32. 2024-yil 3-iyun kuni yetakchi tashkilot sifatida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Oʻzbekiston Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tadqiqotchilari Nurmanova Barno Axmadjon qizining “Zamonaviy oʻzbek teatrida sahnaviy obraz yaratish masalalari (2000-2020-yillar poytaxt teatrlari repertuari)” mavzusidagi, Xamidova Shaxlo Shermatovnaning “Oʻzbek dramatik teatri aktyorlik sanʼati: zamonaviy aktyorlik interpretatsiyalarida xilma-xillik va oʻziga xoslik” mavzusidagi hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali tadqiqotchisi Mamutov Paraxat Allambergen oʻgʻlining “Zamonaviy qoraqalpoq teatri: anʼana va yangi tendensiyalar” mavzusidagi sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari boʻyicha ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Muhokama yakunlari natijasida har uchala dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi.
  33. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil
    8-maydagi 354/1-son bayonnomasiga asosan Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchilar Alimdjanova Nodira Abdugaparovna hamda Umarov Shovkat Vaxobovichga “Musiqa sanʼati” ixtisosligi boʻyicha “dotsent” ilmiy unvoni berildi.
  34. 2024-yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq milliy sanʼat akademiyasi bilan imzolangan memorandumga muvofiq, akademiyada ilmiy stajirovka oʻtayotgan “Xoreografiya” oʻquv dasturining 2-bosqich doktoranti Kuketov Berik Alpisbayevich tomonidan “Natsionalnaya identichnost v kazaxskoy xoreografii period metamodernizma: sovremennыe aspektы” mavzusi boʻyicha ilmiy seminar tashkil etildi.
  35. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil
    7-iyundagi 355/1-son bayonnomasiga asosan “Xoreografiya pedagogikasi” dotsenti vazifasini bajaruvchi Abduxakimova Durdona Mamadjanovnaga “Teatr sanʼati” ixtisosligi boʻyicha “dotsent” ilmiy unvoni berildi.

2024-yilning iyun oyida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva, OʻzDXA Urganch filiali professori, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova muallifligida Ozarbayjon Respublikasining Boku (https://t.me/uzdxa_official/10636) shahrida “LAZGI ShEDEVR – XOREZMA” nomli, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi homiyligida Gavhar Matyoqubova, Shuhrat Toxtasimov, Hulkar Hamroyeva muallifligida “XORAZM “LAZGI” RAQSI: TARIXI VA TAVSIFI” hamda taniqli xoreograf Barno Holiqova va Hulkar Hamroyevaning “ZAGADOCHNЫY “SAVAT” SЫRDARI – ShEDEVR UZBEKSKOGO NATSIONALNOGO TANSEVALNOGO ISKUSSTVA” nomli monografiyalari nashrdan chiqdi. 

  1. 2024-yilning 7-iyun kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi masʼul xodimlari va ekspertlari ishtirokida “Oʻzbekistonda nomoddiy madaniy merosni oʻrganish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qoʻshgan hissasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mehmonlar akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, oʻzaro muloqotlar doirasida YUNESKO tashkilotining nomoddiy madaniy meros boʻyicha keng qamrovli tadqiqotlari yuzasidan hamkorlikda olib boriladigan istiqboldagi rejalar haqida kelishib olindi.
  2. 2024-yilning iyun oyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Ilm – fan ziyosi” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik-tanlovda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Xoreografiya jamoalari rahbari” taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Toʻxtasinova Gulirano Anvarjon qizi oʻzining “Fargʻona vodiysi va Xorazm vohasidagi raqs maktablarining oʻziga xos xususiyatlari” nomli maqolasi bilan ishtirok etib, tanlovning maxsus statuetkasi hamda sertifikati bilan taqdirlandi.
  3. 2024-yil 12-iyun kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga “Ozarbayjon madaniyati kunlari” doirasida Boku xoreografiya akademiyasi oʻqituvchilari, Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artistlar Gunel Allohyorova va Alsu Gimadiyevalar tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar akademiyada yaratilgan sharoitlar, oʻquv zallari bilan tanishib, kelajakdagi istiqbolli rejalar haqida kelishib olindi.
  4. 2024-yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston yoshlari kuni munosabati bilan Xorazm vohasining tarixiy-madaniy merosi boʻlgan Xiva shahrida “OʻZBEKISTON-HINDISTON YoSHLAR FORUMI” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur forumda OʻzDXA professori, filologiya fanlari nomzodi R.Jomonov, OʻzDXA Urganch filiali  direktorining 1-oʻrinbosari A.Saparbayev hamda kafedra mudiri Sh.Samandarovalar “Oʻzbekiston-Hindiston oʻrtasida xoreografiya sanʼati uygʻunligi” toʻgʻrisidagi maʼruzalari bilan ishtirok qilishdi. Uchrashuv ikki davlat yoshlarining erishayotgan yutuqlari haqida fikr mulohazalar va takliflar boy tarzda boʻlib oʻtdi.
  5. 2024-yil 1-iyul kuni yetakchi tashkilot sifatida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Oʻzbekiston FA Sanʼatshunoslik instituti tadqiqotchi Axmetjanova Mohinur Olim qizining “Oʻzbek milliy teleseriallarining rivojlanish tendensiyalari (1991-2021-yy.)” mavzusidagi sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga bagʻishlangan ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Muhokama yakunlari natijasida mazkur dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi.
  6. 2024-yilning 2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanloviga nomzod talabalar bilan Oʻzbekiston tarixi, davlat tili va xorijiy tillar boʻyicha maxsus suhbat tashkil etildi. Maxsus suhbat akademiya rektorining 2024-yil 26-iyundagi 53-i-sonli buyrugʻiga muvofiq tasdiqlangan Komissiya aʼzolari tomonidan baholab borildi. Komissiya xulosasiga koʻra, Prezident stipendiyasiga Xoreografiya jamoalari rahbari taʼlim yoʻnalishi (rus gr.) 4-kurs talabasi Abakulov Asadbek; Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga Xoreografiya jamoalari rahbari taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabasi Nomonova Dilyora, Xoreografiya jamoalari rahbari taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabasi Haydarov Islom, Sanʼatshunoslik taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabasi Abduzohidova Dildora; Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi maxsus stipendiyaga Xoreografiya jamoalari rahbari taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabasi Jurakulova Sevinchlarning nomzodlari keyingi bosqichga tavsiya etildi.
  7. 2024-yilning 29-iyun kuni Toshkent shahrida “Uzorы Azii” xalqaro madaniyat va sanʼat festival-tanlovi boʻlib oʻtdi. Mazkur xalqaro tanlovda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Zamonaviy raqs” taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Kazin Sergey oliy mukofot – Gran-Pri sohibi boʻlib, bosh mukofot Istanbulga sayohatni qoʻlga kiritdi.
  8. 2024-yil 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi katta oʻqituvchisi Jalilova Shirin Shuxratovna Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.San.01.51 raqamli Ilmiy kengashda 17.00.01 – “Teatr sanʼati” ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbek sahna raqsining badiiy jihatlari va usullari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  9. 2024-yilning may va iyun oylarida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-oʻqituvchilaridan Olga Komarovaning “Obrazsы narodno-ssenicheskogo tansa” nomli oʻquv qoʻllanmasi, Malohat Maxmudovaning “Oʻzbek raqsini oʻqitish uslubiyoti” (Qoraqalpoq raqs maktabi) nomli oʻquv qoʻllanmasi, Irina Sultangirovaning “Metodika izucheniya klassicheskogo tansa” nomli oʻquv qoʻllanmasi, Hulkar Hamroyevaning “Notiqlik sanʼati” nomli oʻquv qoʻllanmasi, Matluba Murodovaning “Xalq ijodiyoti” nomli darsligi, Urganch filiali professori Gavhar Matyoqubovaning “Oʻzbek raqs” nomli oʻquv qoʻllanmasi, Shaxzoda Xudoynazarovaning “Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya sanʼati orqali rivojlantirish” hamda Gulasal Usmonovaning “Mustaqillik davri oʻzbek raqs sanʼatining rivojlanish tamoyillari” nomli monografiyalari nashrdan chiqdi.