О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida vakant joylar tо‘g‘risida
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga muvofiq tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
oliy ma’lumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab etgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlartiga, shu jumladan, madaniyatli, mas’uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;
mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.
Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.
Izoh: Akademiyada hozirgi kunda tyutorlik bo‘sh ish o‘rni mavjud emas.
Murojat uchun kadrlar bо‘limiga telefon qiling. Tel raqam 71-215-56-31.